35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ ЯНГИ МАКТАБ ҚУРИШ МАСАЛАСИНИ КЎТАРДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
НАМАНГАНСОЙ СОҲИЛИ ОБОД ВА ЗАМОНАВИЙ ҲУДУДГА АЙЛАНТИРИЛАДИ
Bepul dori-darmonlarni saqlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan Qo‘qon shahar Yuqumli kasalliklar shifoxonasida davlat tomonidan bepul ajratiladigan dori-darmon vositalarini saqlash holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida dori-darmon vositalarining belgilangan tartibda qabul qilinishi, saqlanishi, hisobini yuritish holati hamda ularning bemorlarga o‘z vaqtida va maqsadli yetkazib berilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, dori vositalarini saqlash omborlarida zarur harorat va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, yaroqlilik muddatlari ustidan nazorat, zaxiralar holati hamda bepul beriladigan dori-darmonlarning maqsadli sarflanishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, bepul dori vositalari ta’minotini yanada takomillashtirish, ularning hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash hamda fuqarolarning sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4