35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ ЯНГИ МАКТАБ ҚУРИШ МАСАЛАСИНИ КЎТАРДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
НАМАНГАНСОЙ СОҲИЛИ ОБОД ВА ЗАМОНАВИЙ ҲУДУДГА АЙЛАНТИРИЛАДИ
Huquqiy bilim – samarali deputatlik faoliyati asosi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyatida qonun hujjatlarini muntazam o‘rganish va ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida tahlil qilib borish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Mazkur yo‘nalishda ilm-fan va ta'lim tizimini rivojlantirish, davlat tilining jamiyat hayotidagi nufuzini oshirish, pedagoglarning huquqiy maqomini mustahkamlash, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda jamiyatda gender tengligini ta'minlashga qaratilgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini chuqur o‘zlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

№ O‘RQ–562 | 2019-yil 2-sentabr

Ushbu Qonun xotin-qizlar va erkaklar uchun siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mehnat, ta'lim, sog‘liqni saqlash hamda boshqa sohalarda teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Qonunning asosiy maqsadi:
• xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini kafolatlash;
• gender bo‘yicha kamsitishning oldini olish;
• davlat organlari va tashkilotlar faoliyatida gender tengligi tamoyillarini joriy etish;
• qarorlar qabul qilish jarayonida xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirish;
• jamiyatda tenglik, adolat va inson qadrini ulug‘lash tamoyillarini mustahkamlash.

Mazkur qonun normalarini amaliyotga to‘liq tatbiq etish fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ta'minlash, xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi faolligini oshirish hamda barqaror ijtimoiy rivojlanishga xizmat qiladi.