35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
4-МАМАЙ САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ НАЗОРАТДА
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ ЯНГИ МАКТАБ ҚУРИШ МАСАЛАСИНИ КЎТАРДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
“Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati

“Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati

O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 419-I-son “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonuni shahar hududida yo‘lovchilar tashishni tashkil etish, transport xizmatlarini ko‘rsatish hamda ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Mazkur Qonunda shahar yo‘lovchilar transporti faoliyatining asosiy tamoyillari, yo‘lovchilarning huquq va majburiyatlari, tashuvchilarning mas’uliyati hamda transport xizmatlarini tashkil etish tartibi belgilab berilgan.

Qonunga muvofiq, aholiga xavfsiz, qulay va sifatli transport xizmatlarini ko‘rsatish, yo‘lovchilar tashish jarayonida harakat xavfsizligini ta’minlash hamda shahar transport tizimining samarali faoliyat yuritishini tashkil etish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Shuningdek, Qonunda yo‘lovchilarning transport xizmatlaridan foydalanish huquqlari, tashuvchilarning yo‘lovchilar oldidagi majburiyatlari, transport vositalaridan foydalanish talablari hamda shahar yo‘lovchilar transportini rivojlantirish masalalari o‘z aksini topgan.

Mazkur Qonun fuqarolarning erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, transport xizmatlari sifatini oshirish hamda shahar transport tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Qonun talablariga rioya etish yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash, transport xizmatlari samaradorligini oshirish va sohada qonuniylikni mustahkamlashning muhim omillaridan biridir.

Xalq deutatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Mirzayev Javoxir Fazliddin o‘g‘li

Slide 1 of 1