35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
КОТИБИЯТ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Округда сессия кун тартибидаги масала ўрганилди
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОНДА КАРТОШКА ЗАХИРАСИ ШАКЛЛАНТИРИЛМОҚДА
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ИНТЕНСИВ БОҒЛАР — ЮҚОРИ ҲОСИЛ ВА ЭКСПОРТ ГАРОВИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
АСФАЛЬТЛАШ ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ОСТИДА
янв.21
30-СОНЛИ МАКТАБДА ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ВА ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУРОЖААТЛАР БИЛАН ИШЛАШГА ОИД ҚОНУНЧИЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТИЛЛАТЕПА МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Madaniyat sohasida qonun ijrosi hamda hamkorlik ishlari o‘rganildi

Madaniyat sohasida qonun ijrosi hamda hamkorlik ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati I.Qurbonov "Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-yanvardagi O‘RQ-668-son Qonuni ijrosini o‘rganish yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida Qiziriq tumani Madaniyat bo‘limiga tashrif buyurib, qonun talablarining ijrosi, madaniyat muassasalari faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifati, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, deputatning biriktirilgan tashkiloti bilan ishlash yo‘nalishi doirasida hamkorlikdagi ishlarni yanada samarali tashkil etish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, nazorat-tahlil tadbirlarini tizimli ravishda o‘tkazish, sohada mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflarni shakllantirish hamda tegishli tartibda taqdim etish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 1