35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
4-МАМАЙ САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ НАЗОРАТДА
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ ЯНГИ МАКТАБ ҚУРИШ МАСАЛАСИНИ КЎТАРДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
"Tashabbusli budjet" loyihasi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

2026-yil "Tashabbusli budjet" dasturining 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalar ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish doirasida Qo‘qon shahridagi 15-sonli umumta’lim maktabi uchun zarur jihozlarni xarid qilish bo‘yicha g‘olib bo‘lgan loyihaning amalga oshirilish jarayoni joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamov hamda shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limining mas’ul xodimi M.Qurbonov ishtirok etdi.

O‘rganish davomida loyiha uchun ajratilgan mablag‘larning o‘z vaqtida moliyalashtirilishi, xarid qilingan jihozlarning tasdiqlangan smeta hujjatlariga muvofiqligi hamda maktabning smetada ko‘rsatilgan mahsulotlar bilan to‘liq ta’minlanganlik holati atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, xarid qilingan jihozlarning sifati, amaldagi ehtiyojlarga mosligi hamda ulardan ta’lim jarayonida samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur loyiha ijrosi deputatlik va jamoatchilik nazoratida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan monitoring tadbirlari izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6