35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
4-МАМАЙ САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ НАЗОРАТДА
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ ЯНГИ МАКТАБ ҚУРИШ МАСАЛАСИНИ КЎТАРДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
HUDUD INFRASTRUKTURASI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "22-Bag‘dod" saylov okrugi deputati O.Maxmudov, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Xalq demokratik partiyasi Bag‘dod tuman Kengashi raisi D.Xamraqulov tomonidan "Bag‘dod" mahalla fuqarolar yig‘inining Konizar, Ziynat va Qashqari ko‘chalarida infratuzilmaviy holat joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida, avvalo, Qashqari ko‘chasida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Xususan, tuman hokimining ko‘magida mazkur hududda 1200 metr uzunlikdagi yangi elektr uzatish tarmog‘i tortilgani o‘rganilib, ushbu loyiha natijasida ko‘cha aholisining elektr ta’minoti sezilarli darajada yaxshilangani, mavjud yuklama kamaygani hamda energiya ta’minotining barqarorligi oshgani qayd etildi.

Shuningdek, Konizar va Ziynat ko‘chalarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ichki yo‘llarning holati batafsil tahlil qilindi. Mazkur ko‘chalarning qariyb 3 kilometr qismida asfalt qoplamasining mavjud emasligi transport harakati va piyodalar uchun qator noqulayliklar tug‘dirayotgani, ayniqsa kuz-qish mavsumida harakatlanish yanada murakkablashishi ta’kidlandi. Hudud aholisi bilan o‘tkazilgan muloqotlarda ham mazkur masala asosiy murojaatlardan biri ekani qayd etildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaatlar kiritish, yo‘llarni asfaltlash bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rish hamda mazkur masalalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan deputat nazorati o‘rnatildi.

Slide 1 of 2