35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
4-МАМАЙ САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ НАЗОРАТДА
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ ЯНГИ МАКТАБ ҚУРИШ МАСАЛАСИНИ КЎТАРДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
“24 ta muhim masala” ijrosi yuzasidan Bag‘dod oilaviy poliklinikasi faoliyati o‘rganildi.

🏛 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 22-Bag‘dod saylov okrugi deputati O.Maxmudov hamda Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi D.Xamraqulovlar tomonidan Bag‘dod mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Bag‘dod oilaviy poliklinikasida “24 ta muhim masala” ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

🔎 O‘rganish davomida muassasada aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatish holati, shifokorlar qabulini tashkil etish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, tibbiy xizmatlar sifati hamda tibbiyot xodimlarining xizmat ko‘rsatish jarayonlari atroflicha tahlil qilindi.

💊 Shuningdek, imtiyozli toifadagi fuqarolarni bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati, mavjud dori-darmon zaxiralari, ularni saqlash sharoitlari hamda aholiga belgilangan tartibda yetkazib berish amaliyoti o‘rganildi.

🌡 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida muassasaning 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga shayligi ham ko‘rib chiqildi. Xususan, isitish tizimlari, qozonxona va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining texnik holati, elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi ta’minoti, shuningdek, zarur dori vositalari hamda tibbiy buyumlar zaxirasini shakllantirish ishlari yuzasidan monitoring olib borildi.

📋 O‘rganish yakunida aniqlangan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholiga uzluksiz va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 6