Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
DEPUTAT VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI. MAHALLA RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–209-son Farmoni ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 1-Qoraqalpoq saylov okrugidan saylangan deputat Yergashboyev Baxtiyor Rustamovich tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Markaziy” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi faoliyati hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Nazorat tadbiri davomida deputat mahalla raisi J.Hasanov bilan uchrashib, PF–209-son Farmonda belgilangan vazifalar ijrosi, xususan, mahalla obodligini ta’minlash, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha” va “Obod xonadon” mezonlarini hayotga tatbiq etish, fuqarolar faolligi va mas’uliyatini oshirish, shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish va targ‘ibot ishlarining borishi bilan tanishdi.Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar,mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi.O‘rganish yakunida deputat tomonidan mahalla raisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.  

Slide 1 of 3