Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan "Saodat" va "S.Abdulla" mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi 7-oilaviy poliklinikada navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan 24 turdagi tavsiya asosida bepul beriladigan dori vositalari bilan aholini ta’minlash holati, ularning hisobini yuritish hamda saqlash sharoitlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Xususan, bepul dori vositalarining zaxirasi, ularni ehtiyojmand bemorlarga belgilangan tartibda yetkazish, saqlash muddatlariga rioya etilishi, omborxona sharoitlari hamda dori vositalarining sifatini saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, poliklinika mas’ullari bilan dori vositalarini maqsadli va shaffof taqsimlash, aholining imtiyozli dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Nosirov hamda Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamovlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3