Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
Toyloq tumani Kengashi kotibiyati faoliyati tahlil qilindi

Toyloq tumani Kengashi kotibiyati faoliyati tahlil qilindi

✅ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ish samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘rganishlar davom etmoqda.

🌀 Navbatdagi o‘rganish doirasida viloyat Kengashi kotibiyati xodimi M. Begimqulov tomonidan Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyatining faoliyati, mutaxassislar tomonidan hujjatlar bilan ishlash jarayonlari hamda deputatlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash holati ko‘zdan kechirildi.

🔤 O‘rganish davomida Kengash sessiyalari va doimiy komissiyalar faoliyatini tashkil etish, deputatlik so‘rovlari va murojaatlar ijrosi, hujjatlar aylanishi hamda ijro intizomiga oid masalalar atroflicha tahlil qilindi.

♾ Shuningdek, amaliyotda uchrayotgan ayrim masalalar yuzasidan fikr almashilib, kotibiyat ishini yanada samarali tashkil etish, hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish va ish yuritish sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

✅ Bunday o‘rganishlar mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish, deputatlar uchun zarur tashkiliy-huquqiy sharoitlarni yaratish hamda xalq vakillik organlari ishining ochiqligi va samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4