Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi bosh mutaxassisi Sh.Tursunqulov, Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov, kotibiyat mudiri Q.O‘tayev hamda tuman Kengashi deputati G.Suvonqulovalar tomonidan Birlashgan mahallasida joylashgan 5-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi PQ-93-sonli qarori ijrosi yuzasidan tasdiqlangan manzilli dastur doirasida amalga oshirilishi belgilangan kapital ta’mirlash loyihasi holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bino va inshootlarning texnik holati hamda loyiha doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Jumladan, maktabda inklyuziv ta’limni samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan infratuzilma va qulayliklar to‘liq shakllantirilmagani, nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun ayrim muhim shart-sharoitlar yetarli darajada ta’minlanmagani aniqlandi. Bu esa ta’lim jarayonida barcha bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratishni talab etadi.
Shuningdek, maktab hududidagi usti yopiq sport zalida yoz mavsumida haroratning keskin ko‘tarilishi sababli mashg‘ulotlarni sifatli tashkil etishda qator noqulayliklar yuzaga kelayotgani, sport zalida zamonaviy sovitish va shamollatish tizimlarining mavjud emasligi qayd etildi. Mazkur holat o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi hamda sog‘lom muhitda mashg‘ulot o‘tashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xususan, inklyuziv ta’lim uchun zarur infratuzilmani yaratish hamda sport zalini zamonaviy sovitish tizimlari bilan jihozlash masalalarini kapital ta’mirlash loyihasiga kiritish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi. Mazkur masalalar deputatlik va jamoatchilik nazorati doirasida alohida nazoratga olinishi belgilandi.

Slide 1 of 4