35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Davlat xizmatlar markazi va FHDYo faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov hamda kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan aholiga davlat xizmatlarini sifatli va tezkor ko‘rsatish tizimi samaradorligini baholash maqsadida tumandagi Davlat xizmatlari markazi hamda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, fuqarolarni qabul qilish jarayoni, elektron navbat tizimi, kutish zallari, axborot burchaklari, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan qulayliklar hamda xizmat ko‘rsatish sifati bilan yaqindan tanishildi.

🔺FHDYo bo‘limida tug‘ilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralish, o‘lim holatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tegishli guvohnomalarni rasmiylashtirish hamda arxiv hujjatlarini berish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Fuqarolarga huquqiy va maslahat xizmatlari ko‘rsatish, murojaatlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish hamda xizmatlardan foydalanishda shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Deputat markazga murojaat qilgan fuqarolar bilan ham muloqot qilib, ularning xizmat ko‘rsatish sifati, xodimlarning muomalasi, hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlari va yaratilgan sharoitlar haqidagi fikr-mulohazalarini tingladi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🔺Shuningdek, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, davlat xizmatlarini elektron shaklda kengaytirish, aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 5