Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Navbatdagi sessiya masalasi joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan “Chilonzor tumani “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Mening bog‘im” loyihasini tashkil etish to‘g‘risida”gi masala yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Qurilish, kommunal xo‘jalik, suv xo‘jaligi, ekologiya va sanoat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Miryunusov, komissiya a’zosi D.Mahmudova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi X. Mirzayeva, shuningdek, mahalla raisi hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Hududda “Mening bog‘im” loyihasini amalga oshirish uchun ajratilishi ko‘zda tutilayotgan yer maydoni, uning mavjud holati, infratuzilma imkoniyatlari hamda aholi uchun yaratiladigan qulayliklar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, loyiha doirasida hududni obodonlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish va fuqarolarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, masalani navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqish uchun zarur hujjatlar tayyorlanishi belgilandi.

🌳 “Mening bog‘im” loyihasi – mahallalarda ekologik muhitni yaxshilash, aholi uchun zamonaviy va qulay yashil maskanlarni yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 8