Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
🔰Deputat nazorati.

🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati N.Xosilmurоdov hamda “Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya raisi B.Toshpo‘latov ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi. Deputatlar “Do‘stlik” MFY hududida bo‘lib, aholini qiynayotgan elektr va gaz taʼminotidagi muammolar hamda hududdagi qurilish-taʼmirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdilar.

🔸Joyida o‘tkazilgan tahlillar natijasida, mahallaning “Baxmalsoy”, “Quduqli” va “Uzunbuloq” ko‘chalarini elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash chorasi belgilandi. Mazkur ko‘chalardagi kuchlanish muammosini bartaraf etish uchun yangi elektr transformatori o‘rnatilishi rejalashtirildi. Shuningdek, ishchi guruh hududdagi ichki ko‘chalarni taʼmirlash va asfaltlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ham ko‘zdan kechirdi.

🔸Deputatlar tomonidan barcha qurilish-taʼmirlash ishlarining sifatli bajarilishi va belgilangan muddatlarda yakunlanishi nazoratga olindi. O‘rganish davomida aniqlangan barcha muammoli masalalarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishib olindi. 

Slide 1 of 5