Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАҲАЛЛА ФАОЛЛАРИ БИЛАН МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилоят Кенгашининг котибият мудири Т.Гаппаров бошчилигида Янгиқўрғон тумани Кенгаши котибиятида ўрганиш ишлари олиб борилди.
янв.21
КЎП ҚАВАТЛИ УЙЛАРДА ХИЗМАТ КЎРСАТИШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НОГИРОНЛИГИ БЎЛГАН ФУҚАРО ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ ФАОЛИЯТИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ САМАРАДОРЛИГИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
Ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabldullayev tomonidan “Besh-tut” mahallasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan suv tarmoqlarini tortish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda istiqomat qiluvchi aholi uchun yangi ichimlik suvi quvurlarini yotqizish hamda suv ta’minoti sifatini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mutaxassislar bilan qurilish-montaj ishlarining borishi, loyihaning amalga oshirilish muddatlari haqida suhbatlashildi.

Deputat qurilish ishlarining sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda suv ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, hudud aholisi bilan muloqot qilinib, ularning ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq taklif va murojaatlari tinglandi.

Slide 1 of 3