❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati T.Axmedova tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida tuman hokimligiga navbatdagi deputatlik so‘rovlari kiritildi.
1️⃣ «Jo‘rabek» mahallasi, Obisher ko‘chasidagi yo‘l muammosi:
Mahalladagi asosiy ko‘chalar asfaltlangan bo‘lsa-da, 144-xonadon joylashgan berk ko‘cha e’tibordan chetda qolib ketgan. Ayni vaqtda ushbu yo‘lning holati qoniqarsiz va ta’mirtalab bo‘lib, aholining e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
2️⃣ Shu mahallaning Obisher ko‘chasi, xonadon egalari ikki yildan buyon kanalizatsiya muammosidan aziyat chekmoqda. Kunlar isishi bilan oqova suv uchun qazilgan o‘ralar suv shimmay, tashqariga toshib chiqishni boshlagan. Bu esa hududda sanitariya holati yomonlashishiga va aholi salomatligiga xavf tug‘dirmoqda.
🔍 Deputat mazkur muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rish so‘ragan.
Deputatlik so‘rovlarining ijrosi va natijasi deputat tomonidan nazoratga olingan.