35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
4-МАМАЙ САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ НАЗОРАТДА
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ ЯНГИ МАКТАБ ҚУРИШ МАСАЛАСИНИ КЎТАРДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
TABIATNI MUHOFAZA QILISH YO‘LIDA MUHIM TASHABBUS 👇👇👇👇

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati O.R. Kashkarov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston zoologiya fani: zamonaviy muammolar va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.

Konferensiya davomida O.R. Kashkarov O‘zbekistonda yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan qush turi — katta tuvaloqni saqlab qolish muammolariga bag‘ishlangan ma’ruza bilan chiqish qildi.

Ma’ruzada mamlakatimizda biologik xilma-xillikni asrash, noyob qush turlarini muhofaza qilish hamda “Forish–G‘allaorol” davlat buyurtma qo‘riqxonasini tashkil etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ilgari surildi.

Konferensiya ishtirokchilari O‘zbekistonda yo‘qolib borayotgan katta tuvaloqni saqlab qolishga qaratilgan ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladilar.

Bu kabi tashabbuslar ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiatni muhofaza qilish va kelajak avlodlar uchun boy tabiiy merosni asrab-avaylashda muhim o‘rin tutadi.

Slide 1 of 3