35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
2026-yil 25-iyun kuni Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi huzuridagi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🗓 2026-yil 24-iyun kuni Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏗 YANGIARIQ TUMANIDA INVESTITSIYA LOYIHALARI AMALDA – NAZORAT KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining navbatdagi 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
📂 Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🌿 AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
Mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar deputatlik nazorati asosida o‘rganildi

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyat mudiri, 6-“Alpomish” saylov okrugi deputati A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov okrug tarkibidagi “Alpomish” mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar hamda mahalla faollari faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.
O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, sanitariya holati, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, kommunal xizmatlar sifati hamda mahallada amalga oshirilayotgan boshqa dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Nazorat tadbirlari mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining asosiy mezoni sifatida belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” asosida tashkil etildi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar va mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Shuningdek, o‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi alohida tahlil qilindi. Xususan, mahalla boshqaruvining yangi tizimi asosida mahalla yettiligi faoliyatini samarali tashkil etish, aholi muammolarini manzilli hal etish, fuqarolarga davlat xizmatlarini yaqinlashtirish, ijtimoiy himoya va bandlik masalalarini tizimli yo‘lga qo‘yish, mahallada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda davlat organlari bilan hamkorlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Mahalla faollari bilan o‘tkazilgan muloqot davomida hududni kompleks rivojlantirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, ekologik muhitni sog‘lomlashtirish, aholining turmush darajasini oshirish hamda fuqarolar murojaatlariga tezkor va qonuniy yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy obyektlar faoliyati, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar va aniq topshiriqlar berildi.
Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi faqatgina mavjud holatni o‘rganish emas, balki davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash, mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligini oshirish, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarga amaliy yechim topishga ko‘maklashishdan iboratdir.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan bu kabi nazorat-tahlil tadbirlari barcha saylov okruglarida tizimli ravishda davom ettirilib, har bir mahallada islohotlarning amaliy natijalari, belgilangan vazifalar ijrosi va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar doimiy nazorat ostida olib boriladi.