📎 #Doimiy_komissiya_yigʻilishi
📂 Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📝 Yig‘ilish davomida kun tartibiga kiritilgan muhim masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
✅ Jumladan:
1️⃣ Yangiariq tumanida “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lmagan oilalar xonadonlarini ta’mirlash orqali energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy loyihani moliyalashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.
2️⃣ Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining 2025-yil 17-sentabrdagi VII-15-129-12-179-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masala muhokama qilinib, deputatlar tomonidan tegishli taklif va mulohazalar bildirildi.
💬 Muhokamalar davomida ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.