35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
2026-yil 25-iyun kuni Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi huzuridagi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🗓 2026-yil 24-iyun kuni Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏗 YANGIARIQ TUMANIDA INVESTITSIYA LOYIHALARI AMALDA – NAZORAT KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining navbatdagi 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
📂 Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🌿 AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
Kengash_faoliyati
#haftalik_ish_reja
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_qonun

💼Qonun ustuvorligi va ijtimoiy taraqqiyot: "Bektepa"da mahalla raisi,xotin-qizlar faoli va hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi!

🗣Bandixon tumanida mahallabay ishlash tizimining samaradorligini oshirish, aholining ijtimoiy-huquqiy himoyasini kuchaytirish hamda hududiy mas’ullarning kunlik faoliyatini amaldagi qonun hujjatlari talablari asosida o‘rganish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom etmoqda.

⏺Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2-“Bektepa” saylov okrugi deputati B.Yo'ldoshev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulovlar shahardagi “Bektepa” mahallasida bo‘lib, mahalla faollarining bugungi kundagi faoliyatlari yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.

💬Mazkur o‘rganish jarayonlari deputatlar uchun Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” tavsiyasi asosida tashkil etildi. Tahlil doirasida "mahalla yettiligi"ning eng muhim bo‘g‘inlari — xotin-qizlar faoli hamda hokim yordamchisining faoliyati tegishli qonun hujjatlari asosida ko‘rib chiqildi.

💬Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi OʻRQ-561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqib, quyidagilar tahlil qilindi:

🟢Tazyiq va zo‘ravonlik profilaktikasi: Mahallada tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan yoki shunday xavf ostida bo‘lgan xotin-qizlarni barvaqt aniqlash hamda profilaktika inspektori bilan hamkorlikda ularga "Himoya orderi" rasmiylashtirilishiga ko‘maklashish holati;

🟢Nizoli oilalar bilan manzilli ishlash: Ajrim yoqasiga kelib qolgan notinch oilalar bilan ishlash, oilaviy nizolarni bartaraf etish va ularni sog‘lomlashtirish choralari samaradorligi.

💬Mahalla raisining ish yurituv tizimi (PF-116 doirasida):

Yangi Farmon talablaridan kelib chiqib, mahalla raisining "mahalla yettiligi" faoliyatini samarali muvofiqlashtirishi, aholi murojaatlari bilan "xonadonbay" ishlash hamda muammolarni erta aniqlash tizimi holati o‘rganildi.

💬Hokim yordamchisi faoliyati — “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun doirasida:

🟢Aholi bandligini ta’minlash: Mahallada ishsiz fuqarolar, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarni doimiy daromad manbaiga ega qilish borasidagi amaliy ishlar;

🟢Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratilishining maqsadliligi, xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar samaradorligi tahlil qilindi.
"Mahalladagi har bir mas’ulning faoliyati qog‘ozdagi hisobotlar bilan emas, balki aholining hayotida sezilarli natija berishi bilan baholanadi. Har bir ayolning xavfsizligi, har bir oilaning farovonligi va har bir tadbirkorning rivojlanishi biz uchun ustuvor vazifadir. Qonun talablarining mahallalarda to‘liq va sifatli ijrosi deputatlik nazoratining doimiy markazida bo‘ladi." — deya ta'kidladi deputat.
🫥O‘rganishlar yakunida aniqlangan uslubiy masalalarni bartaraf etish, "Bektepa" mahallasida aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Qonun ustuvorligi, ochiq deputatlik nazorati va mahallabay ishlash tizimini takomillashtirish — xalq farovonligi yo‘lidagi eng muhim omillardan biridir.
Slide 1 of 3