Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING 34-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING 33-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
2026-yil 25-iyun kuni Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi huzuridagi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🗓 2026-yil 24-iyun kuni Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏗 YANGIARIQ TUMANIDA INVESTITSIYA LOYIHALARI AMALDA – NAZORAT KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining navbatdagi 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
📂 Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mahalladagi xavfsizlik masalasi – deputat va senator nazoratida

#Sessiya_oldi_organish #Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #Hamkorlik_faoliyati #deputat_tashabbusi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Mahalladagi xavfsizlik masalasi – deputat va senator nazoratida

🏛 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining navbatdagi 36-sessiyasida mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar uchun xavfsiz muhit yaratish hamda osoyishtalikka salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Sessiyada ko‘tarilgan eng muhim masalalardan biri "Katta Qo‘yliq" mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan norasmiy kunlik ishchilar markazi bilan bog‘liq muammolar bo‘ldi.

📍 Muhokamalarda mazkur hududda har kuni qariyb 1000 nafarga yaqin fuqaro ish izlab to‘planayotgani, ularning faoliyati tartibga solinmagani sababli mahalla aholisi orasida jiddiy xavotirlar yuzaga kelayotgani ta’kidlandi. Mazkur masala sessiyada ko‘tarilgach, Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi A.Eshmuratov, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari D.Ravshanbekov, S.Fayziyeva, Yashnobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Kerimov hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida hududga joyiga chiqib o‘rganish tashkil etildi.

🔎 O‘rganish davomida bir qator jiddiy muammolar aniqlandi. Xususan, norasmiy kunlik ishchilar markazi yaqinidagi ayrim savdo shoxobchalarida spirtli ichimliklar sotilishi oqibatida fuqarolarning mast holatda jamoat joylari va ko‘p qavatli uylar atrofida to‘planishi, kirish yo‘laklari hamda o‘rindiqlarda tunab qolishi mahalla aholisining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi. Ayniqsa, yosh bolalar, xotin-qizlar va keksa fuqarolar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ushbu holatlar jamoat tartibini mustahkamlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish zarurligini ko‘rsatdi.

⚖️ O‘rganish jarayonida yana bir muhim holatga e’tibor qaratildi. Hudud yaqinida tartibga solingan rasmiy kunlik ishchilar markazi mavjud bo‘lishiga qaramay, norasmiy yig‘ilish joyining bir necha yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgani mas’ul tashkilotlar tomonidan ushbu masalani tizimli hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shu munosabat bilan ishchilarni qonuniy va xavfsiz mehnat sharoitlariga yo‘naltirish, hududda jamoat xavfsizligini mustahkamlash hamda fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

📝 Muloqot jarayonida deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida hududdagi mavjud holat atroflicha tahlil qilindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar "Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari"ga qayd etilib, ularning har biri alohida deputatlik nazoratiga olindi. Murojaatlar yuzasidan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlarni ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

💡 Shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar sessiyaoldi tartibida joyiga chiqib o‘rganildi. Aniqlangan muammo va takliflar umumlashtirilib, ularni sessiya muhokamasiga kiritish hamda tegishli choralar ko‘rish uchun Toshkent shahar Kengashi kotibiyatiga taqdim etildi.

🤝 Deputatlar fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni joyida o‘rganish, ularni Kengash sessiyasida muhokama qilish va amaliy yechimga erishish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. "Katta Qo‘yliq" mahallasidagi mazkur masalaning sessiyada ko‘tarilib, Senat va mutasaddi idoralar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganilgani deputatlik nazoratining amaliy natijasi bo‘lib, hududda xavfsiz muhitni ta’minlash va fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube

Slide 1 of 10