Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengash deputati G.Abramatova “Jayhun” mahallasida navbatdagi nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.
💬 Mazkur o‘rganishlar xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yaqinda, ya’ni 2026-yil 18-maydagi VII-21-42-8-121-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
💬 Deputatlar mahalla hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning tashqi fasad qismini ta’mirlash (bo‘yoqlash va pardozlash) bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
💬 Deputatlar quruvchilar va mutasaddilar bilan suhbatlashib, fasadlash ishlarini sifatli bajarish, har bir detalga e’tibor qaratish va uylarning estetik qiyofasini shahrimiz ko‘rkiga mos ravishda saqlab qolish yuzasidan tavsiyalar berdilar.