Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 11-Oqbuloq saylov okrugidan saylangan deputat To‘lqin Qodirov tomonidan Shodlik MFY hududidagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan huquqiy targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati o‘quvchilarga keng tushuntirildi.