35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Doimiy komissiya yig`ilish o`tkazildi
янв.21
oybek mahallasida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi asosida yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi.
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
SPORT — YOSHLAR KAMOLOTI VA SOG‘LOM TURMUSH GAROVI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Hazorasp tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar va infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
📝 DEPUTAT DAFTARI


2026-yil 18-iyul kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Xayrillo Turdiyev Gulobod mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi, amalga oshirilgan ishlarni "Deputat daftari"ga qayd etdi.

O‘rganish davomida Gulobod mahallasi Oqsaroy ko‘chasi ko‘cha boshisi Toir Joniuzoqov bilan uchrashuv o‘tkazildi.


Mazkur ko‘cha faollari bilan muloqot qilinib, hududdagi mavjud muammolar va aholini qiynayotgan masalalar tinglandi.
Suhbat davomida fuqarolar tomonidan:

elektr ta’minotidagi uzilishlar;

tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash;

tomorqa va hovlilarni sug‘orish uchun suv ta’minotini yo‘lga qo‘yish;

ichki ko‘chalarni asfaltlash;

maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish;

suv minorasining ishlamayotgani
kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi.
Deputat ushbu murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborilishini,jrosi qat’iy nazoratga olinib, erishilgan natijalar haqida fuqarolarga ma’lum qilinishini ta'kidladi.

Slide 1 of 2