Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Doimiy komissiya yig`ilish o`tkazildi
янв.21
oybek mahallasida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi asosida yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi.
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
SPORT — YOSHLAR KAMOLOTI VA SOG‘LOM TURMUSH GAROVI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Hazorasp tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar va infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
Mirobod tuman prokurori B.Abdullayev, tuman IIOFMB boshlig'i U.Nasritdinovning Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi raisi X.Kayumov, Kengash kotibiyati  mudiri A.Karimov, doimiy komissiya raisi A.Mamanazarov, Mirobod tuman prokurori B.Abdullayev, tuman IIOFMB boshlig‘i U.Nasritdinov hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar guruhi rahbari S.Irgashev, Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdilar

🗣️ Yig‘ilish davomida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish hamda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirishga qaratilgan yangi reja-grafik tasdiqlangani olib boruvchi tomonidan ta’kidlandi.

🗣️ Mazkur reja-grafik asosida guruh faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlash, faol va tashabbuskor yoshlarni keng jalb etish, hududlardagi dolzarb masalalarni tizimli o‘rganish hamda amaliy takliflar ishlab chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olingani tomonidan ta’kidlandi.

🗣️ Shuningdek, yoshlarning ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, axborot texnologiyalari, sport va madaniyat yo‘nalishlaridagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

🔔 Reja-grafik doirasida raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ijtimoiy tarmoqlar va elektron platformalar orqali yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi a’zolari uchun siyosiy-huquqiy bilimlar, liderlik, notiqlik va loyiha boshqaruvi yo‘nalishlarida seminar-treninglar tashkil etish belgilangani ham olib boruvchi tomonidan ta’kidlandi.

🗣️ Ushbu chora-tadbirlar yoshlarning tashabbuskorligini oshirish, ularning fikr va takliflarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilishi olib boruvchi tomonidan ta’kidlandi

Prezidentimiz tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish — asosiy maqsadimizdir!

📌 Belgilangan vazifalar ijrosi yoshlarning manfaatlarini ta’minlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda hududlar rivojiga munosib hissa qo‘shishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 9