Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Doimiy komissiya yig`ilish o`tkazildi
янв.21
oybek mahallasida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi asosida yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi.
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
SPORT — YOSHLAR KAMOLOTI VA SOG‘LOM TURMUSH GAROVI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Hazorasp tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar va infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Z.Domilayev tomonidan Zuhro mahallasida "Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.

Oʻrganishda mahalla hududida yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, ularning bilim olishi va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Xususan, mahallada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirish maqsadida zamonaviy kichik kutubxona tashkil etilgan. Ushbu maskan yoshlar uchun nafaqat kitob mutolaa qilish, balki o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish imkonini ham yaratadi.

Kutubxonada malakali ustozlar tomonidan rus, ingliz, koreys va turk tillari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etilishi, shuningdek, IT yo‘nalishida dastlabki bilim va amaliy ko‘nikmalar berilishi rejalashtirilgan. Bu esa yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi, xorijiy tillarni o‘rganishi hamda kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4