“Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi qonun ijrosi oʻrganildi
Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi raisi Quryozov Suxrobbek Matchanovich hamda Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi Kotibiyat mudiri Vaisov Mash'al Islomovich tomonidan
❗️Sanoat mahallasida Oʻzbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi oʻrganildi.
📝Oʻrganish jarayonida mahallada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash hamda fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
👉Jumladan, Hazorasp tumani Sanoat mahallasi hokim yordamchisi Allaqulliev Mardonbek Ozod oʻgʻli tashabbusi bilan fuqaro Qilichov Atabek Qadamboyevich tomonidan oilaviy tadbirkorlik asosida tashkil etilgan avtoservis faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
✅Mazkur tadbirkorlik subyekti aholiga sifatli xizmat koʻrsatish bilan bir qatorda yangi ish oʻrinlari yaratilishiga ham xizmat qilayotgani qayd etildi.
📁Shuningdek, mahalla hududida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan boshqa loyihalar ham oʻrganilib, ularning samaradorligi yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
💼Oʻrganish yakunida oilaviy tadbirkorlikni yanada kengaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.