Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
oybek mahallasida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi asosida yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi.
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
SPORT — YOSHLAR KAMOLOTI VA SOG‘LOM TURMUSH GAROVI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Hazorasp tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar va infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Deputat mahallada DEPUTAT OKRUGIDA: 50 million so‘mlik imtiyozli kredit hisobiga 12 nafar xotin-qizning bandligi ta'minlandi

   

DEPUTAT OKRUGIDA: 50 million so‘mlik imtiyozli kredit
hisobiga 12 nafar xotin-qizning bandligi ta'minlandi
 

· Piskent tumanida
aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta'minlash, oilaviy tadbirkorlikni
rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish masalalari deputatlar va
Kengash kotibiyatining doimiy e’tiborida turibdi.
 

· Shu munosabat
bilan, 5-Mo‘minobod saylov okrugi deputati ("Milliy tiklanish" DP
a'zosi) M.Qurbonova hududiga qarashli “Bekobod” mahalla fuqarolar yig‘inida
yangi ish boshlagan oilaviy tadbirkorlik subektining faoliyati o‘rganildi.
Jarayon Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi
G.Xudoyqulova tomonidan amalga oshirildi.
 

· 📉 O‘rganish davomida quyidagi ijobiy natijalar qayd
etildi:
 

· Muvaffaqiyatli
startap: Mahallada istiqomat qiluvchi tadbirkor Bobur O‘rinboyev davlat
tomonidan beriladigan imkoniyatlardan unumli foydalanib, 50 million so‘m
miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘ini qo‘lga kiritgan.
 

· Ish o‘rinlari:
Ushbu mablag‘ evaziga tadbirkor o‘z faoliyatini kengaytirib, mahalladagi 12
nafar xotin-qizning doimiy bandligini ta’minlagan va ularni ish bilan band
qilgan.
 

· Ishlab chiqarish:
Hozirgi kunda ushbu oilaviy korxonada bozor talablaridan kelib chiqib, sifatli
yozgi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilayotgani ma’lum bo‘ldi.
 

· Telegram (http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati)  

· Facebook (https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/ 

   

Slide 1 of 1