📌 Deputatlar mahalla yettiligi bilan uchrashdi
🏢 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 12-Cho‘mishli–Taroqli saylov okrugi deputati F. Shermuxamedova tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi yuzasida “Taroqli” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📌 Uchrashuvda mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
📊 Xususan: aholi bandligini ta’minlash, tomorqalardan unumli foydalanish, mahallani obodonlashtirish, mahalla ayollari o‘rtasidagi muammolarni hal etish hamda kam ta’minlangan va ko‘makka muhtoj oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.