35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Doimiy komissiya yig`ilish o`tkazildi
янв.21
oybek mahallasida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi asosida yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi.
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
SPORT — YOSHLAR KAMOLOTI VA SOG‘LOM TURMUSH GAROVI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Hazorasp tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar va infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
“Mehr ulashaylik” aksiyasi doirasida xayriya tadbiri tashkil etildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati I. Qodirova tashabbusi bilan “Mehr ulashaylik” aksiyasi doirasida homiylar hamkorligida xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida deputat markaziy shifoxonaning bolalar bo‘limida davolanayotgan kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar farzandlari holidan xabar olib, ularga mehr va e’tibor ko‘rsatdi. Bolajonlarga turli sovg‘alar hamda zaruriy yordam vositalari topshirilib, ularning sog‘lig‘i va kayfiyati bilan yaqindan qiziqildi.

Shuningdek, aksiya davomida insonparvarlik, saxovat va mehr-oqibat kabi ezgu qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda bolalarga quvonch ulashish asosiy maqsad ekani ta’kidlandi. Bunday xayriya tadbirlari jamiyatda hamjihatlik va insoniylik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4