35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Doimiy komissiya yig`ilish o`tkazildi
янв.21
oybek mahallasida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi asosida yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi.
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
SPORT — YOSHLAR KAMOLOTI VA SOG‘LOM TURMUSH GAROVI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Hazorasp tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar va infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
DEPUTAT TOMONIDAN OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI HAMDA SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 1-“Qoraqalpoq” saylov okrugidan saylangan deputat Baxtiyor Yergashboyev tomonidan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.Jamoatchilik nazorati doirasida Parkent tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori T. Salimov bilan hamkorlikda suv resurslaridan oqilona foydalanish, aholi xonadonlarini sug‘orish suvi bilan ta’minlash darajasi hamda tomorqa yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish imkoniyatlari yuzasidan kompleks o‘rganish ishlari amalga oshirildi. O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad hududdagi mavjud holatni tahlil qilish, suv resurslaridan samarali foydalanishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash hamda tomorqa xo‘jaliklarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni belgilashdan iborat bo‘ldi. O‘rganish davomida sug‘orish tizimlarining ayrim uchastkalarida texnik holat qoniqarsizligi, kanallarning loyqa bosishi, sug‘orish suvining samarasiz taqsimlanishi, magistral quvurlarda ichimlik suvi yo‘qotilishlari hamda suv tejovchi zamonaviy texnologiyalar yetarli darajada joriy etilmaganligi kabi muammolar aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat tomonidan mas’ul tashkilotlarga sug‘orish tizimlarini inventarizatsiya qilish va bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, magistral tarmoqlardagi nosozliklarni tezkor bartaraf etish, suv resurslarini adolatli taqsimlash ustidan nazoratni kuchaytirish hamda xonadonlarda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha aniq takliflar berildi. Shuningdek, suv resurslarini boshqarishda tizimli yondashuvni yo‘lga qo‘yish, iqlim o‘zgarishlari hamda oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini inobatga olgan holda uzoq muddatli rejalar asosida ish olib borish zarurligi alohida ta’kidlandi. Ko‘tarilgan barcha masalalar deputat tomonidan shaxsiy nazoratga olinib, belgilangan topshiriqlar ijrosini monitoring qilish hamda kelgusida qayta o‘rganish ishlarini amalga oshirish rejalashtirildi. 

Slide 1 of 8