35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

A.Navoiy mahallasida ko‘p qavatli uylar sharoiti o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova hamda 11-saylov okrugi deputati D. Mardonova A. Navoiy mahallasida bo‘lib, mahalladagi ko‘p qavatli xonadonlar sharoitini o‘rgandi.

📈O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning texnik holati, kommunal xizmatlar sifati, tozalik va obodonlashtirish ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Aholi bilan muloqot qilinib, mavjud muammolar va takliflar tinglandi.

📖Shuningdek, uy-joylardan foydalanish madaniyati, umumiy foydalanish joylarining holati hamda infratuzilma bilan bog‘liq masalalar tahlil qilindi.

🏢O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ko‘p qavatli uylar boshqaruvini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4