35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Doimiy komissiya yig`ilish o`tkazildi
янв.21
oybek mahallasida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi asosida yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi.
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
SPORT — YOSHLAR KAMOLOTI VA SOG‘LOM TURMUSH GAROVI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Hazorasp tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar va infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Uzun tumanida islohotlar natijadorligi: "Erkinlik" mahallasi misolida

Uzun tumanida islohotlar natijadorligi: "Erkinlik" mahallasi misolida

🔵O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-sonli hamda xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2026-yil 3-martdagi VII-14-14-8-118-K/26-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Kengashning haftalik ish rejasiga muvofiq, aholi muammolarini o‘rganish va hududlarda olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijasini tahlil qilish maqsadida navbatdagi o‘rganish tadbiri tashkil etildi. Xalq deputatlari Uzun tumani Kengash kotibiyati xodimi Sh.Ergasheva hamda deputat A.Bakiyev 2-Shodlik saylov okrugiga qarashli “Erkinlik” mahallasida bo‘lib, xonadonlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan yaqindan tanishdilar.

Hokim yordamchisining ko‘magi va maqsadli kreditlar natijasi

O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi A.Komilov tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb qilish, o‘zini o‘zi band qilish va tomorqadan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tirof etildi. Xususan, hokim yordamchisining tavsiyasi bilan ajratilayotgan maqsadli imtiyozli kreditlar bugun har bir xonadonning barqaror daromad manbaiga aylanmoqda.

J.Xolmurodov xonadonidagi ijobiy tajriba

Mahalla turg‘uni J.Xolmurodov xonadonida olib borilayotgan ishlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Fuqaro ajratilgan imtiyozli mablag‘lardan oqilona foydalanib, o‘z tomorqasida ko‘p tarmoqli xo‘jalikni yo‘lga qo‘ygan:

Parrandachilik: Xonadonda tovuq go‘shti va tuxum yetishtirish tizimli yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu nafaqat oila ehtiyojini qondirmoqda, balki ichki bozorga sifatli mahsulot yetkazib berish imkonini bermoqda.

Uzumchilik: Mazkur xonadonda uzumchilikka ham alohida e’tibor qaratilgan. Uzumzorning tashkil etilishi va unga ko‘rsatilayotgan agrotexnik ishlov natijasida kelgusida yuqori hosil olish ko‘zlanmoqda.

Slide 1 of 1