35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Doimiy komissiya yig`ilish o`tkazildi
янв.21
oybek mahallasida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi asosida yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi.
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
SPORT — YOSHLAR KAMOLOTI VA SOG‘LOM TURMUSH GAROVI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Hazorasp tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar va infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Muammolarga yechim — hamkorlikda

Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiya a’zolari va siyosiy partiyalar vakillari tomonidan yo‘l qurilishi sohasidagi ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi

📉Bugun tumanimizning “Chinor”, “Kichik Jonchekka” hamda “Ulanqul” mahalla fuqarolar yig‘inlarida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan joriy ta’mirlash ishlari deputatlar va jamoatchilik nazoratidan o‘tkazildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiya a’zolari hamda siyosiy partiyalarning vakillaridan iborat ishchi guruh har bir ob’ektda bo‘lib, quyidagi masalalarni tahlil qildi:

Asfalt yotqizish sifati: Yo‘l qoplamasining qalinligi va texnologik talablarga mosligi;

Loyiha ijrosi: Belgilangan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va ko‘chalarning kengligi;

Muddat va mas’uliyat: Qurilish-ta’mirlash ishlarining belgilangan grafikdan kechikmayotgani.