Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
янв.21
Hazorasp tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash – ustuvor vazifa.
янв.21
Mahallada jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi.
янв.21
Aloqali ko‘l mahallasida xotin-qizlar muammolarini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Bo‘ston mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o'rganildi.
янв.21
Hazoraspda mablagʻlardan maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat-tahlil ishlari olib borildi.
янв.21
Hazorasp tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Attaron MFYda jinoyatchilikni oldini olish ishlari tahlil qilindi.

Jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularning sabab hamda omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputat  hamda huquqiy maslahat byurosi ishtirokida keng muhokama qilinib, atroflicha tahlil qilindi.

 

Attaron mahalla fuqarolar yig’ini hududida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularning sabab hamda omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar 5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyeva hamda huquqiy maslahat byurosi M.Fatullayev  Attaron MFY profilaktika inspektori ishtirokida keng muhokama qilinib, atroflicha tahlil qilindi.

Tadbir davomida mahalla profilaktika inspektori

tomonidan hududdagi kriminogen vaziyat yuzasidan batafsil hisobot taqdim

etildi. Unda o’tgan davr mobaynida sodir etilgan huquqbuzarliklar tahlili,

ularning kelib chiqish sabablari, jinoyatchilikka moyil shaxslar bilan olib

borilayotgan yakka tartibdagi profilaktik ishlar, shuningdek, nazorat

ro’yxatlarida turuvchi fuqarolar bilan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

haqida to’liq ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarning

oldini olish, ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va madaniy

tadbirlarga jalb qilish, xotin-qizlar o’rtasida ijtimoiy muammolarni barvaqt

aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham alohida

ta’kidlandi. Mahalladagi oilalar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy himoyaga

muhtoj qatlamlar holidan xabar olish va ularni qo’llab-quvvatlash orqali

jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan choralar haqida ham so’z yuritildi.

Deputat tomonidan bildirilgan

fikr-mulohazalarda profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish, aholi bilan

doimiy muloqotni yo’lga qo’yish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish,

ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar o’rtasida tushuntirish ishlarini tizimli

ravishda olib borish muhimligi qayd etildi. Shu bilan birga, huquqni muhofaza

qiluvchi organlar, mahalla faollari va tegishli tashkilotlar o’rtasida

hamkorlikni mustahkamlash orqali samaradorlikni oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Mahallada profilaktika

tadbirlarini yanada kuchaytirish, tungi nazorat ishlarini samarali tashkil

etish, aholi orasida huquqiy targ’ibot ishlarini kengaytirish bo’yicha

vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 1