Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Doimiy komissiya yig`ilish o`tkazildi
янв.21
oybek mahallasida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi asosida yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi.
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
SPORT — YOSHLAR KAMOLOTI VA SOG‘LOM TURMUSH GAROVI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Hazorasp tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar va infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati M.Xoldorova tomonidan Axshakguzar mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida hududdagi kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq muammo aniqlangan. Xususan, O‘zbekiston va Mo‘jiza ko‘chalari tutash hududda ko‘p qavatli uylar kanalizatsiya tarmog‘idagi nosozlik oqibatida oqava suvlarning ochiq ariq suvlariga qo‘shilishi holati kuzatilmoqda. Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan olingan laboratoriya tahlillari suv tarkibida aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar mavjudligini ko‘rsatgan.

Mazkur kanalizatsiya tizimidagi nosozliklarni bartaraf etish va kelgusida shunday holatlarning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanishi masalasida tuman hokimligiga deputat so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 1