Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Doimiy komissiya yig`ilish o`tkazildi
янв.21
oybek mahallasida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi asosida yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi.
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
SPORT — YOSHLAR KAMOLOTI VA SOG‘LOM TURMUSH GAROVI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Hazorasp tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar va infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
XALQ DEPUTATLARI QUMQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ O‘N OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.

Sessiya kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qaror ijrosi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar dasturi yuzasidan Qumqo‘rg‘on tuman hokimi birinchi o‘rinbosari Zayniddin Eshqobilovning hisoboti.

Qumqo‘rg‘on tumani mahalliy budjetining 2025-yil IV-chorak (yillik) ijrosi to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Oybek Abdimurodovning hisoboti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarorning tumandagi ijrosi yuzasidan belgilangan dasturi to‘g‘risida tuman Qurilish bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Kenjaevning hisoboti. 

Qumqo‘rg‘on tumani mahalliy byudjetining 2026-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida. 

Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida. 

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi va doimiy komissiyalarining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida. 

Tuman hokimi qarorini tasdiqlash to‘g‘risida. 

Qumqo‘rg‘on tuman prokuraturasining taqdimnomasi haqida. 

Sessiyada har bir masala yuzasidan keng muhokamalar o‘tkazilib, deputatlar mas’ullardan o‘z savollariga javoblar, holatlar yuzasidan izohlar olishdi. Yakunda, kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 9