Jańalıqlar

🗂 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashida arxiv ishlari davom etmoqda

🗂 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashida arxiv ishlari davom etmoqda

📑 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi tomonidan sessiyalarga oid hujjatlarni belgilangan tartibda arxivlash ishlari izchil tashkil etilmoqda.

🧵 Jarayonda sessiya hujjatlari tartibga keltirilib, muqovalanmoqda, maxsus ip bilan tikilib, uzoq muddat saqlash uchun arxiv fondiga joylashtirilmoqda.

🤝 Mazkur mas'uliyatli ishlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirishda Yoshlar parlamenti a'zosi ham faol ishtirok etib, hujjatlarni tartiblash, tikish hamda arxivga joylashtirish jarayonlariga amaliy yordam bermoqda.

📚 Ushbu hamkorlik hujjatlar bilan ishlash madaniyatini yuksaltirish, arxiv ishlarini samarali tashkil etish hamda yoshlarning davlat boshqaruvi faoliyatidagi amaliy ishtirokini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

✅ Sessiya hujjatlarini belgilangan tartibda tikish, rasmiylashtirish va arxivga topshirish ularning butligini saqlash, tizimli hisobini yuritish hamda kelgusida ulardan samarali foydalanishni ta'minlaydi.                              

Slide 1 of 2