📋 Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🏛 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📌 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi PQ-405-son qarori ijrosi hamda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
📊 Hisobotda tumanda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta'minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va faol nuroniylarni mazkur jarayonlarga jalb etish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
💬 Muhokamalar davomida doimiy komissiya a'zolari tomonidan hisobot yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
✅ Muhokama yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan taqdim etilgan hisobot ma'qullanib, tegishli qaror qabul qilindi.