Jańalıqlar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Buni_bilasizmi
#162_ta_qonun
DEPUTATNING DAXLSIZLIK HUQUQI – QONUN HIMOYASIDA


Deputatning daxlsizlik huquqi Qonunga muvofiq, deputat o‘z vakolatlari davomida daxlsizlik huquqiga ega.

✅ Tegishli xalq deputatlari Kengashining roziligisiz deputatni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki sud tartibida ma’muriy jazoga tortishga yo‘l qo‘yilmaydi.

✅ Deputat Kengashdagi ovoz berish chog‘ida bildirgan fikri, nuqtai nazari hamda vakolatlarini amalga oshirishi bilan bog‘liq harakatlari uchun javobgarlikka tortilmaydi. Bu kafolat vakolat muddati tugaganidan keyin ham amal qiladi.

✅ Agar deputat haqorat, tuhmat yoki qonunda javobgarlik belgilangan boshqa huquqbuzarliklarni sodir etsa, daxlsizlik huquqidan mahrum etilgan taqdirda qonun oldida javobgar bo‘ladi.

🤝 Deputatning daxlsizligi — uning vakolatlarini erkin va mustaqil amalga oshirishini ta’minlaydigan muhim huquqiy kafolatdir.

📚 Manba: O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrdagi 706-II-son "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonuni, 11-modda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1