Jańalıqlar

INFORMATIKA VA SUN’IY INTELLEKT — KELAJAK IMKONIYATLARI

#deputat_va_yoshlar
#162_ta_qonun_ijrosi

INFORMATIKA VA SUN’IY INTELLEKT — KELAJAK IMKONIYATLARI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Sh.Mirzayev o‘z saylov okrugi hududidagi maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarga informatika fanining zamonaviy hayotdagi o‘rni, axborot texnologiyalarining rivojlanishi hamda sun’iy intellektning turli sohalardagi imkoniyatlari haqida tushunchalar berildi.

O‘quvchilarga zamonaviy texnologiyalarni puxta o‘rganish, axborot savodxonligini oshirish va kelajak kasblariga tayyorgarlik ko‘rish muhimligi tushuntirildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning zamonaviy bilimlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni raqamli texnologiyalarni o‘zlashtirishga rag‘batlantirish hamda kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1