Jańalıqlar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_qonun
19¹-modda
🌿 Ekologik nazorat: hudud tozaligi va atrof-muhit muhofazasi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “Mehnatobod” mahallasidagi 19-son umumta’lim maktabida “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📝 O‘rganish davomida hududda atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilash, maishiy chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, noqonuniy chiqindi uyumlari paydo bo‘lishining oldini olish hamda ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi holatlariga alohida e’tibor qaratildi.

♻️ Shuningdek, mahalla hududida tozalikni saqlash, chiqindilar bilan bog‘liq muammolarning oldini olish, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish va atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish muhimligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4