Jamoat transporti va avtobus bekatlari holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Gayliyev Shamirat Kurbanmiradovich va deputat Artikov Davron Omarbayevich tomonidan hududdagi jamoat transportining muntazam harakatlanishi hamda avtobus bekatlarining holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida avtobus bekatlarining texnik holati, joylashuvi, aholiga yaratilgan sharoitlar va yo‘lovchilar uchun qulayligi ko‘zdan kechirildi.
💬 Shuningdek, jamoat transporti infratuzilmasini yanada yaxshilash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga qulay sharoit yaratish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.
📌 Qulay va barqaror jamoat transporti — aholi uchun muhim infratuzilma masalalaridan biridir.