Jańalıqlar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M.Salimova tomonidan shahar aholisi bilan muloqotlar o‘tkazilib, fuqarolarning kayfiyati, shaharda amalga oshirilayotgan ishlar va o‘zgarishlarga munosabati, shuningdek, mavjud muammo va murojaatlari o‘rganildi.

➡️Muloqotlar davomida aholi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy soha va boshqa yo‘nalishlardagi ishlar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.

➡️Shuningdek, fuqarolarni qiynayotgan masalalar tinglanib, ularning murojaatlarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va amaliy yechim topish masalalariga e’tibor qaratildi.

✅Deputat tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni manzilli o‘rganish, aholining muammolarini tegishli mutasaddilar e’tiboriga yetkazish hamda ularning yechimi ustidan deputatlik nazoratini olib borish belgilandi.

Slide 1 of 1