35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi – deputat nazoratida

Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi – deputat nazoratida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Q. Safarov va doimiy komissiya a’zolari tomonidan tumanda elektr energetikasi sohasiga oid qonunchilik talablarining ijrosi o‘rganilmoqda.
⚡️Shu munosabat bilan deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-939-son Qonuni ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlardan amalga oshirilgan ishlar va mavjud holat bo‘yicha hisobotlarni taqdim etish so‘rab kuzatuv xati yuborildi.
⚡️Mazkur nazorat tadbiri orqali tumanda elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog‘liq jarayonlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumotlar tahlil qilinadi.
⚡️Doimiy komissiya tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida sohadagi holat o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.
⚡️Qonunlar ijrosini ta’minlash, aholi va tadbirkorlik subyektlarining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini barqaror qondirish masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2