35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Salimova tomonidan hududdagi oziq-ovqat do‘konlaridan birining faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

✅O‘rganish davomida savdo shoxobchasida aholiga yaratilgan shart-sharoitlar, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi, yaroqlilik muddati, narxlarning belgilanishi hamda savdo jarayonining amaldagi talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

✅Shuningdek, tadbirkor va savdo xodimlari bilan suhbatlashilib, faoliyat davomida yuzaga kelayotgan muammolar, mavjud ehtiyojlar hamda takliflar tinglandi.

✅Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, aholi uchun sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari savdosini ta’minlash, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish masalalari deputatlik nazoratiga olindi.