35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

TO‘QBOY MFYDA ICHKI KO‘CHALAR ASFALTLANMOQDA

TO‘QBOY MFYDA ICHKI KO‘CHALAR ASFALTLANMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi VII-34-115-7-101-K/26-son qarori bilan mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish, yo‘l sharoitini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida mablag‘lar ajratildi.

📍 Mazkur qaror asosida To‘qboy MFY, Hovuzak qishlog‘idagi Boboyurt va Fozil Yo‘ldosh ichki ko‘chalariga asfalt qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.

💰 Loyiha qiymati: 1 mlrd 647 mln 562,5 ming so‘m.

🔹 Tashkilot: Pastdarg‘om tumani Obodonlashtirish boshqarmasi
🔹 Moliyalashtirish manbai: Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi
🔹 Buyurtmachi: Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi DM
🔹 Loyiha-smeta hujjatlari: mavjud
🔹 Amalga oshirish tartibi: tender asosida

🚜 Ushbu loyiha natijasida Hovuzak qishlog‘idagi ichki ko‘chalarning yo‘l holati yaxshilanib, mahalla aholisi uchun xavfsiz harakatlanish imkoniyati yaratiladi.