O‘rganish davomida yangi ko‘p qavatli uy aholisi uchun barpo etilgan sog‘lomlashtirish maydonchasi, uning jihozlanishi, foydalanish uchun yaratilgan sharoitlar hamda hududning obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda umumiy foydalanish hududlarini yanada obodonlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.