35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

PARCHACHANDIR MAHALLASIDA KO‘CHALAR ASFALTLANADI

#sessiya 🚧 PARCHACHANDIR MAHALLASIDA KO‘CHALAR ASFALTLANADI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi VII-34-115-7-101-K/26-son qarori bilan mahallalarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida mablag‘ ajratildi.
📍 Parchachandir MFY hududidagi Sahoba va Zulfi Zar ko‘chalariga asfalt qoplamasi yotqiziladi.
🔹 Ajratilgan mablag‘: 1 mlrd 647 mln 562,5 ming so‘m
🔹 Moliyalashtirish manbasi: Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi
🔹 Buyurtmachi: Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi DM
🔹 Asos: loyiha-smeta hujjatlari
🔹 Amalga oshirish: tender asosida
Mazkur loyiha natijasida mahalla ko‘chalarining holati yaxshilanib, aholining qulay va xavfsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
🇺🇿 Fuqarolar tashabbusi — obod mahalla va ravon yo‘llar sari amaliy qadam!