📍 Mahallada yangi tadbirkorlik tashabbusi qo‘llab-quvvatlanmoqda
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 20-“Mehrabod” saylov okrugi deputati J.Qodirrov faoliyat yuritayotgan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida “Mehrabod” mahallasida yangi ish boshlagan tadbirkorlik subyekti — oshxona faoliyati bilan tanishildi.
Xususan, tadbirkor Jaxongirov Dilmurod tomonidan yo‘lga qo‘yilgan faoliyat o‘rganilib, oshxonada yaratilgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda tadbirkorning kelgusidagi rejalari bilan tanishildi.
🍽 Mazkur tadbirkorlik faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi mahallada aholiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish bilan bir qatorda, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlashga ham xizmat qilishi qayd etildi.
🤝 O‘rganish davomida tadbirkorning fikr va takliflari tinglanib, faoliyatini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube